ru en uz

ZAAMIN ULTRA


Sport UzLITI Engineering xodimlari hayotida alohida o‘rin egallaydi. Ularning ko‘plari nafaqat bo‘sh vaqtlarida faol mashq qilishadi, balki ham mamlakatimizda, ham xorijda muntazam ravishda turli musobaqalarda qatnashadilar.


Muhandislik kompaniyasining 50 dan ortiq xodimlari ishtirok etgan yana bir Zaamin ULTRA ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning o‘tkaziladigan joyi Zomin milliy tabiat bog‘i hududi bo‘ldi. Shu bilan birga, har bir ishtirokchi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda masofani tanlashi mumkin edi — 2 va 10 km masofa, shuningdek 25 km yarim marafon va 50 km marafon.


— Maksimal 50 kilometr masofani bosib o‘tdim, — dedi poyga ishtirokchisi Nikolay Volkov. — Ob-havo bizni ayamadi, juda issiq bo‘ldi. Masofaning birinchi yarmi yaxshi o‘tdi. Burilishdan keyin esa juda uzoq ko‘tarilish boshlandi. O‘sha paytda sezilarli qiyinchiliklarga uchradim.


Masofaning oxirida ikkinchi yoki uchinchi nafas ochildi desam ham bp‘ladi. (Kuladi). Natijada marraga yetib kelgan 37 kishidan 9-o‘rinni egalladim. Natija yomon bo‘lmasa-da, hali oldinda ancha ishlar bor. Albatta, marafonda ishtirokimni tahlil qilib, kelgusida texnika va chidamlilik ustida ishlashga harakat qilaman.

Yana ikkita yuguruvchi — Anton Yatsevyuk va Vasiliy Kononov — 21 kilometr yugurib, umumiy hisobda munosib o‘rinlarni egallashdi.




Jamoamizning barcha a’zolari o‘zlari tanlagan masofani muvaffaqiyatli bosib o‘tishdi va marrada har biri esdalik medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ular ZAAMIN ULTRA tadbirining yaxshi tashkil etilganini ta’kidladilar. Qatnashuvchilar kompaniya rahbariyatiga sport musobaqalarida ishtirok etishni qo‘llab-quvvatlayotkanligini va Jizzax viloyatiga sayohatni tashkil etishda yordam berganliklari uchun alohida minnatdorchilik bildirdilar.


Hali oldinda ko‘plab yangi musobaqalar bo‘ladi va UzLITI Engineering sportchilari o‘z kuch va mahoratini bir necha bor namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!