ru en uz

Eng yaxshisi — bolalar uchun!

1_uz.jpeg

 1-iyun kuni butun mamlakatimiz bo‘ylab ajoyib xayrli bayram — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishollanadi. UzLITI Engineering mutaxassislari Enter Engineering Kompaniyalari guruhining PR-departamenti bilan birgalikda poytaxtning Yashnobod tumanidagi 52-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari qo‘shma xayriya aksiyasini o‘tkazishdi.
2.jpeg
Universal Jumping Club ot sporti majmuasiga 5-9-sinflarning 70 nafar o‘quvchisi, shuningdek, ularga hamroh bo‘lgan 10 nafar o‘qituvchi tashrif buyurishdi. U yerda ular uchun haqiqiy bayram tashkil etildi. Bolalarga hudud bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, otxonani ko‘rsatishdi, ajoyib otlar va har xil ot sporti turlari namoyish etildi.
3.jpeg

4.jpeg

 O‘z ishining ustasi bo‘lgan chavandozlar mehmonlarga o‘z mahoratini namoyon etib, gulduros qarsaklariga sazovor bo‘liырвш. Keyin O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot kotibi Anjelika Roziyeva boshchiligida bolalar otxonada sayr qilib, go‘zal hayvonlar bilan tanishib, ularga sabzi yedirishdi. Shuningdek, ular otlarga qanday g‘amxo‘rlik qilish va mashqlarni o‘rgatish kerakligi, ularni qanday boqish va sportchi bo‘lishlari uchun nimalar qilish lozimligini bilib oldilar.
5.jpeg

6.jpeg

Aksiya volontyori Galina Pan bolalar hayotida bu voqea unutilmas taassurot qoldirishi aniqligini qayd etdi. Turli xil jonzotlar bilan muloqot ularda eng yaxshi insoniy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi, mehribon va sezgir bo‘lishga undaydi. Shunday qilib, biz doimo yangi yosh do‘stlarimizni klubimizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz.

Ko‘pgina o‘g‘il-qizlar uchun otlar bilan birinchi marta yaqindan tanishish bo‘ldi, ularda yorqin his-tuyg‘ular jo‘sh urib turdi. Bolalar instruktorlar nazorati ostida ayg‘ir otda sayr qilib, o‘zlarini haqiqiy chavandozlar kabi his qilishdi. Tadbir yakunida bolajonlar mazali tushlik qilib, kompaniya tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alarini olishdi. Sayohat davomida maktab o‘quvchilariga 15 nafardan ortiq volontyorlar g‘amho‘rlik qilishdi, muhtojlarga yordam berishdi, ko‘plab savollarga javob berishdi va bayramona kayfiyatni hamma bilan ulashishdi.

7.jpeg

— Ushbu ajoyib bayram uchun tashkilotchilarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman, — dedi rus tili va o‘qish o‘qituvchisi Albina Shetininа. — Bolalar chinakam zavq va quvonch bilan tadbirda ishtirok etishdi, ko‘plab yangi taassurotlar oldilar. Endi esa ular to‘rt oyoqli do‘stlari bilan yangi uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda.

8.jpeg