ru en uz

BIM-TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH


UzLITI Engineering BIM-texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Hozirgi bosqichning asosiy vazifasi tashkilotni BIM mukammalligining ikkinchi darajasiga olib chiqishdan iboratdir.  


— Ushbu texnologiyalar loyihalash jarayonida yangi evolyutsiya bosqichini, binolarni qurish va ulardan foydalanishni aks ettiradi, ob'ektni vizuallashtirishni soddalashtirish uchun turli xil dasturiy mahsulotlar va vositalarni ulash, modellashtirish xarajatlarini kamaytirish va eng muhimi, qurilish bosqichidan avval loyihalashtirishga oid fanlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi, — dedi BIM loyihalash bo‘limi CAD-menejeri Maksim Alekseyev. 


— BIM loyihalashda ikkinchi darajali mukammallik hamkorlikni kengaytirish, ishonchli ma'lumotlarning yagona manbasini yaratish, samaradorlik va sifatni oshirish, xavflarni kamaytirish va xavfsizlikni kuchaytirish masalalarini o‘z ichiga oladi. 


Biz turli bo‘limlar mutaxassislari uchun Autodesk Revit dasturini onlayn darslar formatida o‘rganish uchun bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan trening tashkil etdik. Buning uchun ushbu yangiliklarni amalda qo‘llash bo‘yicha video darslar va matnli yo‘riqnomalarni tayyorlaymiz. Ular UzleBIMCAD Telegram-kanalida e'lon qilinadi. Samaradorlikni oshirish uchun qayta aloqa kanallari ham qo‘llaniladi va bu yerda ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar muhokama qilinadi. Xozirda elektrotexnika bo‘limi xodimlari o‘quv kurslarini tamomladi, past kuchlanishli tizimlarni loyihalovchi mutahassislar o‘qitilmoqda, muhandis-quruvchilar hamda IV va STK bo‘limi vakillari uchun esa o‘qish kurslari rejalashtirilmoqda. 


Rejada loyihalashtirishdagi xatoliklarni o‘z vaqtida aniqlash uchun shablon va vositalarni ishlab chiqish, bo‘limlar va fanlar o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish, vazifalar berishni avtomatlashtirish, chizmalarni tasdiqlash, muvofiqlashtirish va tasdiqlash muddatlarini qisqartirish, smetalar uchun ma'lumotlar olishni tashkil etish, qurilishdan oldin loyihada xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kabilar nazarda tutilgan.