ru en uz

Psixologik trening bo‘lib o‘tdi


UzLITI Engineering kompaniyasi uchun xodimlar samarali mehnat faoliyat ko‘rsatishlari va shaxsiy rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib kelgan. «Konfliktologiya. Janjalli vaziyatlarni hal qilish va yengish usullari» mavzusida bo‘lib o‘tgan trening amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir misoli bo‘ldi.


Muhandislik kompaniyasi tomonidan «New WAY» amaliy psixologiya xalqaro ta’lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 15 nafar xodim ishtirok etdi. Tadbirda tajribali o‘qituvchi va psixolog Yelena Xushvakova so‘zga chiqib, nizoli vaziyatlarning obyektiv va subyektiv yuzaga chiqishining sabablari haqida gapirib, ularni bartaraf etishning turli usullarini aytib berdi, amaliy qismida esa har xil testlarni tashkil qildi.


— Mashg‘ulot bilimga boy bo‘lib, interaktiv tarzda o‘tdi, — dedi Ma’muriy va tashkiliy masalalar bo‘limi boshlig‘i Mirgani Abdullayev. — Trener juda katta hajmdagi mavzuni qisqacha bayon qilib, bir yarim soatlik ma’ruzada so‘zlab berdi. Ish jarayonida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishda, shuningdek ularni oldini olishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir nechta vositalar bilan tanishdim. Ishtirokchilarni shaxsiy imkoniyatlarini aniqlovchi, o‘zlarini harakatlarini tahlil qilish va yaxshilashga qaratilgan psixologik testlar juda qiziq bo‘ldi.


Tadbir yakunida o‘tkazilgan test natijalari tahlil qilindi. Elena Maratovna natijalarni tushuntirishga puxta yondashdi, tomoshabinlar mojarolarni hal qilish uchun olingan bilim va ko'nikmalardan mamnun bo‘lishdi.