ru en uz

«KARYERA» LOYIHASI: YOSHLAR UCHUN START MAYDONI


Kadrlar masalasi doim UzLITI Engineering faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda kompaniya «Karyera» loyihasini amalga oshirmoqda, uning maqsadi mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari orasidan yosh istiqbolli mutaxassislarni izlashdir.


— Mazkur loyiha birinchi navbatda o‘z qobiliyatini rivojlantirish, tanlagan sohasi bo‘yicha ishlash va bebaho xalqaro tajriba orttirish istagida bo‘lgan yoshlarga mo‘ljallangan, — deydi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yetakchi mutaxassis Shaxnoza Umarova. — «Karyera» loyihasini amalga oshirish joriy yilning mart oyidan boshlangan. Shu vaqtgacha biz 8 marta «Ochiq eshiklar kuni»ni o‘tkazdik. Bu tadbirlarda Toshkent davlat texnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari ishtirok etishdi. 


18-dekabr kuni navbatdagi «Ochiq eshiklar kuni» boʻlib oʻtdi, unda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining 12 nafar 3-kurs talabalari ishtirok etdi. 


— Biz uchun kompaniya faoliyati haqida taqdimot tashkil etildi, — dedi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib Neft va gaz quvurlarini loyihalash fakulteti talabasi Jahongir Qurbonboyev. — Biz kompaniya xodimlari nima bilan shug‘ullanayotgani, ular hozirda qanday loyihalar ustida ishlayotganini bildik. Keyin biz ofisni aylanib chiqdik. Bu jarayonda mutaxassislar muhandis-loyihalovchilarning ishini ko‘rsatdilar, ular ishlayotgan dasturlar haqida, martaba istiqbollari to‘g‘risida gapirib berdilar. Taqdim etilgan ma’lumotlar juda mazmunli va ma’rifiy bo‘ldi. Endi UzLITI Engineering kompaniyasida o‘taydigan amaliyotimiz yirik muhandislik tashkilotida ishlash realligini his qilish imkonini beradi.


Ta’kidlash joizki, loyiha o‘z samarasini berishni boshlagan va joriy yilning mart oyidan shu kungacha 54 kishi UzLITI Engineering ko‘p millatli jamoasining a’zosi bo‘lishdi.


Ishonchimiz komilki, «Karyera» loyihasi eng shijoatli, qobiliyatli va iqtidorli talabalar uchun professional karyeraning muvaffaqiyatli boshlanish nuqtasiga aylanadi!