ru en uz

SPORTDAGI YUTUQLAR SARHISOB QILINDI


Faol sport hayoti UzLITI Engineering faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari xodimlarga murakkab ishlab chiqarish vazifalarini bajarishda yordam beradi, tetiklik va yaxshi kayfiyat manbai hisoblanadi.


Mutaxassislar ishining samaradorligini oshirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash va jamoani jipslashtirishda faol turmush tarzi muhimligini anglagan holda, o‘tgan yil davomida shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi va futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, unda loyiha markazining yuzlab xodimlari ishtirok etdi. Bundan tashqari, eng faol sportchilar turli xalqaro yengil atletika marafonlari va boshqa turnirlarda start oldi.



O‘tayotgan yilning so‘nggi kunida UzLITI Engineering’da sportdagi yutuqlar sarhisob qilinib, g‘olib va ​​sovrindorlar taqdirlandi. Barcha yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilarga tantanali ravishda faxriy yorliqlar, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi.



— Stol tennisi musobaqasida uchinchi o‘rinni egalladim, — deydi MTO bo‘limi mutaxassisi Elina Nigmatullina. — Men bu sport turini yaxshi ko‘raman. Issiq mavsumda men muntazam ravishda do‘stlarim bilan o‘ynayman. Stol tennisi allaqachon mening sevimli mashg‘ulotlarimdan biriga aylangan — jismoniy holatimni saqlashga, do‘stlarim bilan faol muloqot qilishga yordam beradi va ijobiy hissiyotlarni taqdim etadi. 



Marosim davomida ajoyib yangi yil muhiti hukm surdi hamda tabriklar ko‘plab iliq so‘zlar va yangi ajoyib sport startlari uchun tilaklarni o‘z ichiga oldi.



— Men va hamkasblarim sportni juda yaxshi ko‘ramiz va bo‘sh vaqtimizning ko‘p qismini unga bag‘ishlaymiz, — deydi yetakchi muhandis-quruvchi, «Civil Team» jamoasi a’zosi sifatida futbol bo‘yicha musobaqa g‘olibi Axliddin Istamov. — Biz muvaffaqiyatdan juda ham quvondik va mukofotlar esdalik bo‘lib qoladi.



UzLITI Engineering sport bo‘limi boshlig‘i Vasiliy Patsaning so‘zlariga ko‘ra, musobaqalarni tashkil etish amaliyoti 2024 yilda ham davom etadi va bundan ham ko‘proq ishtirokchilarni jalb etish rejalashtirilgan.