ru en uz

Ochiq eshiklar kuni


Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash UzLITI Engineering faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘p vaqtni talab qiladigan ish, shuning uchun u reja asosida amalga oshiriladi va turli shakllarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash, shuningdek, talabalarni kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari, xodimlarning karyerasi va shaxsiy o‘sishi uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirish ham mavjud.


Bunday tadbirlardan biri «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institute» Milliy tadqiqot universiteti talabalari uchun «Ochiq eshiklar kuni» bo‘ldi. UzLITI Engineering ofisiga 20 nafardan ortiq yigit-qizlar tashrif buyurib, kompaniyaning shakllanish tarixi, uning yutuqlari va muvaffaqiyatlari, shuningdek, turli foydali ma’lumotlarni bilib oldilar. Bundan tashqari, Ma’muriy va tashkiliy masalalar bo‘limi boshlig‘i Mirg‘ani Abdullayev mehmonlar uchun ekskursiya o‘tkazdi, unda ular ish jarayoni bilan tanishdilar, yirik sanoat obyektlari loyihalari qanday yaratilayotganini bevosita ko‘rishdi.


— Bunday yirik kompaniyaning ofisiga tashrif buyurish katta taassurot qoldirdi, — dedi talaba Sherzod Abdurahmonov. — Biz bilan suhbat o‘tkazishdi, bir nechta bo‘limlarning ish jarayonini ko‘rsatishdi. Oldin ham UzLITI Engineering loyihalari haqida eshitganman va uning faoliyati bilan qiziqqan edim. Ishlayotgan xorijiy muhandislarning ko‘pligi meni hayratda qoldirdi — bu professional va madaniy almashinuv uchun katta imkoniyatlarni ochadi. O‘tgan tadbir juda mazmunli va kelgusi ish joyimni tanlashda foydali bo‘ldi.


Kompaniya kelgusida bunday aksiyalarni o‘tkazishni davom ettirishni va mahalliy yosh mutaxassislardan kadrlar zaxirasini shakllantirishni rejalashtirmoqda.