ru en uz

Kriket bo‘yicha chempionat


Kriket O‘zbekiston uchun anchayin yangi sport turi hisoblanadi. Shunga qaramay, o‘lkamizda uning muxlislari ko‘p bo‘lib, ularning orasida UzLITI Engineering xodimlari ham bor.


Yaqinda loyihalash markazi xodimlaridan iborat «Tashkent Stars Cricket Club» nomli jamoa O‘zbekiston ochiq chempionatida ishtirok etdi. Turnirda 6 ta jamoa qatnashib, o‘yinlar ANFA xalqaro kriket stadionida bo‘lib o‘tdi.



— Jamoamiz qariyb 3 yildan buyon O‘zbekiston kriket federatsiyasi aʼzosi, o‘rtoqlik o‘yinlarida muntazam ishtirok etib kelamiz, — deydi jamoa sardori Imam Md Azhar. Ushbu chempionat kriket sport turi bo‘yicha birinchi ommaviy musobaqa bo‘ldi, shuning uchun biz yaxshi o‘yin ko‘rsatish va yuqori natijaga erishish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Аlbatta, o‘yin oldidan sportchilarimizda hayajon bor edi, lekin hammamiz o‘z kuchimizga ishondik. Аfsuski, final matchida yutqazdik. Shunday bo‘lsada hammaga o‘yin yoqdi, chunki o‘yinlar juda qiziqarli kechdi. Shu bilan birga ikkita kriketchimiz individual mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Farhan Kazm eng yaxshi to‘p qaytaruvchi va Adeeb Alam eng yaxshi to‘p uzatuvchi, deb topildi.



Turnir yakunlandi, ammo UzLITI Engineering kompaniyasining kriket muxlislari mashg‘ulotlarni davom ettirish va yangi g‘alabalarga erishishni rejalashtirmoqda. Ularga muvaffaqiyat tilab qolamiz!